Muvaffaqiyatli «biznes reja»ning 8 ta muhim asosi

Bines qilish va tadbirkorlik bilan shuғullanish hech bo’lmasa bir marta xayolingizga kelgan bo’lishi tabiiy. Buning uchun faoliyatni boshlashdan oldin yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan biznes turinini foydali yoki zararli, faoliyat davrlarini, xarajat, foydalarini texnik maketini tuzish kerak bo’ladi. Bu maket iqtisod tilida “BIZNES REJA” deyiladi. Kredit olish maqsadida bankka murojaat qilgan vaqtda ham albatta biznes reja taqdim etish kerak.

Biznes-rejaning tarkibiy qismi:

►Biznes tavsifi.

►Biznes maqsadi .

►Biznesning yuridik maqomi.

►Ishlab chiqarish jarayonining tavsifi.

►Marketing yondashuvi.

►Moliyalashtirish rejasi.

►Xodimlar bilan ishlash rejasi.

►Ish rejasi (grafigi)

►Xulosa

  1. Biznes tavsifi:

►O’z biznes ғoyangizni yozing.

►Siz tomondan taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat turi haqida mahlumot bering.

►Fikrlaringizni aniq mahlumotlar asosida bayon qiling.

  1. Biznesning maqsadi:

►Biz kimning talablarini qondirishga urinyapmiz?

►Biz mijozlarimizning qaysi extiyojlarini qondirmoqchimiz?

►Biz ushbu talablarni qanday qondiramiz?

  1. Biznesning yuridik maqomi:
  • Qaysi shaklda biznesingizni ro’yxatdan o’tkazasiz? Misol uchun, “mas’uliyati cheklangan jamiyat”, “oilaviy tadbirkor”, “yakka tartibdagi tadbirkor”.
  • Ushbu huquqiy maqomni tanlashingizni sababi nimada?

Ishlab chiqarish jarayoning tavsifi:

  • Siz nima ishlab chiqarasiz yo qanday xizmat ko’rsatasiz?
  • Ushbu jarayon qanday amalga oshadi?
  • Ishlab chiqarishning (xizmatingizning) har bir bosqichini qisqacha bayon qiling.
  1. Marketing:
  • Siz qanday maxsulot ishlab chiqarasiz?
  • Uning o’ziga xos xususiyatlari?
  • Biznesdagi muhim hamkorlar kimlar, qaysi doiradan?
  • Bozordagi ulushingiz qanday bo’ladi?
  • Narx qo’yish qaysi tizimga asoslangan?
  • Sotish kanali
  • Qanday reklamadan foydalanasiz?
  • Mijozlarga qanday qo’shimcha xizmat ko’rsatish turlarini taklif etasiz?
  • Raqobatchilar tahlili.
  • O’z ishingizni boshlash uchun kerak bo’ladigan kapital.
  1. Moliyalashtirish rejasi:

Sotuvdan tushgan tushum hajmi qancha?

Moliyaviy natijalar hisobi.

  1. Xodimlar:
  • Biznesni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbar xodim boshqarishning bahzi tamoyillarini bilishi kerak.
  • Ko’p sohalarda biznes muvaffaqiyati xodimlarga boғliq.
  • Korxonada o’z ishi va sharoitidan qoniqadigan ishchilar faoliyat ko’rsatishlari kerak.
  1. Ish reja
  2. Xulosa…

Yuqoridagi barcha savollarga javob berib chiqsangizgina sizning biznes rejangiz foyda yoki zarar keltirishini bilib olasiz va biznesni yo’lga qo’yish yuzasidan so’nggi qarorga kelasiz.

Manba: erkak.uz

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni habardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Scroll to top

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: