BALIQCHILIK FERMER XO‘JALIGINI QANDAY JOYLARDA TASHKIL QILISh MUMKIN?

Hovuz baliqchiligini tashkil qilish va uni joylashti- rish uchun nima qilish kerak?

Birinchidan, qulay joy tanlash kerak. Tanlangan joy qiyaroq bo‘lib, suvni chiqarish oson bo‘lsin, suv u yer-bu yerda to‘planib turmasin. Suv to‘liq chiqib ketishi lozim. Hovuzni tayyorlash uchun ko‘p mehnat sarflanmasin.

Ikkitidan, hovuz suv manbasi (zovur, kanal)ga yaqin bo‘lishi kerak. Suv yil davomida bo‘lsin. Suv borligiga ishonch bo‘lishi, hovuzni suvga to‘ldirish, suv kirib-chiqib turishiga ishonchingiz komil bo‘lishi darkor. Suv manbasi (zovur, kanal) hovuzga nisbatan yuqoriroqda bo‘lishi lo- zim. Suvning erkin harakati bilan hovuz qiyinchiliksiz to‘lsin.

Uchinchidan, suv sifati ham asosiy omil hisoblanadi. Suv- ni sifati yaxshi bo‘lishi, haddan tashqari sho‘r, rangi, hidi bo‘lmasin, ga’miga e’tibor berish kerak. AgarDa hovuzga betona yovvoyi baliq kirishi xavfi bo‘lsa, darhol suv kira- digan joyga ixota moslamalari (setka) qo‘yiladi. Begona baliq kirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘lmak va shag‘alli joy bo‘lsa, suv to‘xtamaydi — filtratsiya kuchli bo‘ladi. Bunday hovuzda suv turmaydi. Hovuz unchalik katta bo‘lmagan qiyalikda joylashganligi ma’qul. Suv hamma vaqt bo‘lishi uchun artezian quduq yoki skvajinadan suv chiqarib, bundan foydalansa ham bo‘ladi. Bu suv maxsus hovuzlarga olinib, xlorella, ssenodesmus va boshqa mikroskopik o‘simlik o‘sti- rilib, baliq uchun yaroqsh suvga aylantiriladi. So‘ngra hovuz suvi gidrokimyosi tahlil qilinib, uning yaroqgshligi aniq- lanadi. Baliqchilik hovuzlarini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Baliqchilik hovuzi qanday bo‘lishi kerak?

Asosiy gidrotexnik inshoot. Har bir hovuzning damba- si, suv kiradigan va chiqadigan kanali bo‘ladi. Suv chiqa- digan kanal hovuzning tubidan boshlanadi va kanalning chiqish joyiga baliq gutqich quriladi. Hovuz qiya bo‘lishi shart. Suv kirish joyidan suv chiqish joyigacha qiyalik 15— 20 foizni tashkil qiladi. Demak, hovuzga suv kiradigan joyning chuqurligi 50 sm. Bu qism hovuz maydonining 10— 15 foizini, hovuzning o‘rta qismi chuqurligi 1,5 m may- donning 60 foizini, suv chiqadigan joy chuqurligi 1,8—m hovuzning 15—20 foizini tashkil qiladi. Agar hovuz- lar 5—10 ga bo‘lsa, unda hovuzning o‘rtasidan chuqurligi 30-50 sm, xuddi o‘qariqqa o‘xshagan dren olinadi. O‘qariq suv kiradigan joydan suv chiqadigan joygacha cho‘ziladi. Pekin shuni esdan chiqarmang, sarjo‘na ochilgandan keyin hovuzda suv qolmasligi kerak. Suv baliq tutqich orqali chi- qib pastki zovur yoki ariqqa tushishi kerak. Suv chiqib ke- tadigan kanal hovuz tubiga nisbatan 0,5-1,0 m gacha chuqur- roq bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Hovuz qurilayotganda uning tuprog‘i atrofiga chiqarilib, damba qilinadi. Dambalarning qalinligi hovuzning kat- ta-Kichikligiga bog‘liq. Katta hovuzlarda (10—20 ga) to‘lqin katta bo‘ladi; shunga munosib ravishda damba tubi 5—6 m va yuqori qismi 1,5—2 m kenglikda bo‘lishi kerak. Suv kiradigan joyga diametri 0,5 m li quvur, uning og‘ziga to‘r qo‘yiladi. To‘r har 2—3 soatda tekshiriladi va tozalanadi. Suv chiqadigan joyda sarjo‘na betondan tayyorlanadi. Suv chiqishi maxsus moslama orqali boshqariladi. Hovuzning asosiy xususiyati — suvini to‘liq chiqish imkoniyatini yara- tish lozim. Hovuzda suvning har kderda qolishi eng yomon hodisa, chunki baliqpar qolib ketib, jabrasi balchiq bilan to‘ladi. Shuning uchun ham baliq tutqichning ahamiyati katta. Baliq tutqich kattaligi hovuzning katta-kichikligiga qarab tayyorlanadi. Agar hovuz 30—50 ga bo‘lsa, baliq tutqich uzunligi 20—30 m, eni esa 2—3 m. Baliq yaxshi holatda bo‘lishi uchun toza suv tutqichga tushib turishi kerak. Hovuz 1,0-1,5 ga bo‘lsa, baliq tutqich uzunligi 2 m eni esa 1,5 m kattalikda bo‘ladi.

Diqqat: agar hovuz 10—20 foiz qiya bo‘lmasa, suv chiqish tomoniga baliqlarni o‘tkazolmay azob ko‘rasiz. Hovuzlarni tayyorlashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish kerak, bilar-bilmas ish boshlamang.

Hovuzlar quyidagilarga bo‘linadi:  o‘stiruvchi hovuzlar; qishlash hovuzlari;  tovar baliq yetishtirish yoki yaylov hovuzlari.
Baliq chavoqlarini boqish uchun hovuz maydoni 0,25 dan go 1-2 ga gacha, chuqurligi 0,5-0.8 m bo‘ladi. Chavoqlar uchun mo‘ljallangan hovuzlar baliqqo‘ygunga qadar 5—8 kun ol- din suv bilan to‘ldiriladi. Chavoq o‘stirish hovuziga 4—5 kunlik chavoqdar qo‘yiladi. Bu hovuzda chavoqlar og‘irligi  5 g bo‘lguncha 30—45 kun boqiladi. 30—45 kunlik baliqchalar o‘stirish hovuziga o‘tkaziladi va 4 oy boqiladi (6—10 oylikkacha). Bu hovuzda mayda baliqchalar to segoletka  35—50 g og‘irlikka yetguncha bo‘ladi. O‘stirish hovuzi ham xo‘jalikning suv havzasi maydoniga bog‘liq: 1,0-1,5 g dan 2,0 ga gacha bo‘lishi mumkin. Hattoki, 10 ga gacha bo‘lib, o‘rtacha chuqurligi 1,5 m bo‘lishi maq- sadga muvofiq. Suv kiradigan joy chuqurligi 0,5 m, suv chiqadigan joydagi chuqurlik 1,8 m bo‘ladi. O‘stirish hovuzlari 5—10 sutkada to‘ldirilishi va har 4—5 sutkada suvi to‘liq almashtirilishi lozim.
Baliqchilik fermer xo‘jaligida albatta qishlash hovuzlari ham bo‘lishi shart. Qishlash hovuzi guprog‘i qattiq va organik modda bo‘lmasligi kerak. Qishlash hovuzi da baliq noyabr oyidan to mart-aprel oyigacha saqchanadi. Qishlash hovuzi ham qiya bo‘lishi kerak. Suv yuzasining 1,5 m muzla- masligi lozim. Qishlash hovuzining chuqurligi 2,5 m gacha bo‘ladi. Maydoni esa 0,2-0,3 ga, hatgoki 1,0 ga gacha ham bo‘lishi mumkin. Qishlash hovuzi baliq qo‘ygunga qadar 10— 15 kun oldin suv bilan to‘ldiriladi. Suvdagi kislorod 5—6 mg/l. O‘tkaziladigan segoletkalar soni 400—800 ming/ga. Agarda qishlash hovuzi talab darajasida bo‘lsa, suv o‘z vaq- tida almashinib turilsa, yuzasi yaxlab qolmasa segoletka- larni qishdan chiqish ko‘rsatkichi 95—97 foizni tashkil qiladi.

Yaylov – tovar baliq boqiladigan hovuz maydoni 1—2 ga dan 5—10 ga gacha bo‘lishi mumkin. Katta maydonlarni bosh- qarish ancha qiyin. Shuning uchun ham 0,5-1,0 ga maydon ancha qulay. Yaylov hovuzlarining o‘rtacha chuqurligi 1,5 m, qiyaligi 15—20 foizni tashkil qilishi kerak. Suv chiqish joyida albatta baliq tutqich  bo‘lishi, vegetatsiya davomida suv almashinib turilishi shart.

Baliqlashtirish qoidasi quyidagicha: I s/ga dan baliq mahsuloti olish uchun — karp — 200—250 dona, agarda 20 s/ga hosil olmoqchi bo‘lsangiz 15 ming dona karp segoletkasi qo‘yiladi.

HOVUZ BALIQChILIGINING TABIIY ShAROITI BA MODSIY BAZASI

Tuproq-iqlim sharoitining ahamiyati

Hovuz baliqchiligini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tabiiy shart-sharoit, birinchi navbatda tuproq va iqlim katta ahamiyat kasb etadi. Tuproq sifati hovuz va suv to‘pla- nadigan maydon suv havzasining tabiiy baliq mahsuldor- ligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Unumdor tuproqda saqlanuv- chi mineral tuzlar, organik birikmalar suvga tushgach bak- teriyalar, o‘simlik va hayvonlar organizmlari oziqlani- shi uchun zarur moldalar bilan boyitadi. Unumdor tuproq- larda barpo etilgan baliqchilik hovuzlari haydaladigan dalali suv yig‘iladigan maydonlar baliqlar uchun boy ozuqa bazasi sifatida kam unumli, botqoqlashgan, nordon reaksi- yali, qumli-toshli joylarga qurilgan hovuzlardan farq qiladi.

Hovuz baliqchiligi havo va suv harorati, uning sutkali va mavsumiy o‘zgarib turishi, yog‘ingarchiliklar, shamol, insolyatsiya darajasi (quyosh nuri intensivligi va quyoshli kunlar chastotasi), kun uzunligi, vegetatsiya davrining uzunligi kabi iqlim shart-sharoitlari kam ahamiyat kasb et- maydi. Issiqsevar baliqlarning muhim hayotiy faoliyati (ko‘payib-rivojlanishi, oziqlanishi va o‘sishi) ko‘proq suv harorati 17—20°
Hovuz baliqchiligi hududlari

Hovuz baliqchiligi ekologik-geografik hududlari tuproq va iqlim sharoitiga qarab, shuningdek hovuzlarning tabiiy baliq mahsuldorligi bilan belgilanadi. Tuproq va iqlim faktorlari shimoliy geografik zonadan janubiy hudud tomonga yaxshilanib boradi. Keyingi yillarda hovuz baliqchiligi kengayib bormoqda. O‘zbekistonda hovuzlardan tashqari o‘n ming gekgarlab sholi ekilgan cheklardan karp va uning gibridlarini semirtirish maydoni sifatida foy- dalanilmoqda. Iliq va sovuq suvli hovuz xo‘jaliklari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy vazifasi

Ma’lumki, baliq tanasining harorati atrof-muhit, ya’ni suviing haroratiga qarab o‘zgarib turadi. Suv havzala- rining harorat sharoiti baliqlarning jami hayoti jarayo- niga: ko‘payishiga, oziqlanishiga, o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Baliqpar issiqsevar va sovuqsevar turkumlarga bo‘linadi. Issiqsevarlar uchun maqbul sharoit bahor va yoz oylarida, qachonki suv harorati 17—20° S va undan oshgan- da vujudga keladi. Bunday nisbatan iliq suvda ular ko‘paya- di, kichkinalari rivojlanadi, yaxshi oziqlanadi va jadal o‘sadi. Sovuqsevar baliqpar uchun yaxshi shart-sharoit qachonki suv 15° S va undan pastroq haroratda vujudga keladi. Issiqsevar baliqlar qatoriga keng tarqalgan karplar oila- siga mansub — karp va sazan, do‘ngpeshona, karas, amur va hokazolar kiradi. Sovuqsevar baliqpar turiga esa xonbaliqlar mansub. Ular odagda kuz, qish, qisman erta bahorda ko‘payi- shadi. Masalan, daryo xonbalig‘i kuz-qish oylarida suv 6—8° S va undan past bo‘lgan haroratda urchiydi.

Baliqlarni yuqorida ga’kidlangan biologik xususiyat- lariga muvofiq tarzda hovuz xo‘jaliklari ham quyidagi guruhlarga bo‘linadi: I) xrvuzlarda bahorgi-yozgi harorat 17—20° S va undan yuqori haroratda bo‘lgan iliq suvli va hovuzlardagi suv harorati yoz vaqtida 12—15° S haroratdan oshmaydigan sovuq suvli xo‘jaliklar. Iliq suvli hovuz xo‘jaliklari asosiy ko‘paytirish ob’ekti karp bo‘lgani bois karp baliqchilik xo‘jaligi deb yurigiladi. Sovuq suvli hovuz xo‘jaliklarida ko‘proq xonbaliq yegishtirilganligi tufay-li, odatda forel baliqchilik xo‘jaligi deb ataladi. Iliq suvli baliqchilik xo‘jaliklari uchun yog‘adigan yog‘inlar (ko‘pincha erib oqib kelgan suv), kichik daryo, anhor, ko‘l va suv omborlari, ba’zan artezian — suv manbai hisoblanadi. Sovuq suvli hovuz xo‘jaliklarining suv ta’minoti asosan chashma, buloq, tog‘ va ba’zi tekislikdan oqib keladigan daryolarning toza, muzdek, kislorodga yaxshi to‘yingan suvi hisobiga amalga oshiriladi.

Suv miqdorini boshqarish

Suv isroflanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Suz hovuzda haddan tashqari ko‘payib ketmasin. Dambalar mustahkam bo‘lishi, uning yuqori kengligi 2 m va suv sathidan 0,5—m baland bo‘lishi kerak. Ayniqsa, suv chiqadigan sarjo‘na mustahkam bo‘lishi, suv chiqib ketishiga imkoniyat bo‘lmasligi shart. Suv kiradigan, suv chiqadigan joylarga himoya moslamalari o‘rnatish shart. Suv quyishdan oldin suv kiradigan va chiqadigan joylar yaxshilab ko‘zdan kechi- riladi. Agar sarjo‘na bo‘lsa, uning devorlari beton qili- nishi va suv kavlab urib ketmasligi uchun tuprog‘i yaxshilab shibbalanishi kerak. Hovuz devori 5—8° qiya bo‘lishi, suv quvurdan tushsa, hovuz tubi va devorini kavlamasligi uchun qayroq tosh tashlash darkor. Shunday bo‘lishi lozim- ki, bosim bilan tushayotgan suv hovuz devorini buzmasli- gi, kavlamasligi kerak. Bunga ishonch hosil qilgandan key- in suv quyiladi.

Manba: mehnat.uz

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni habardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Scroll to top

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: